AQShning Pew Research Center markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot mualliflari Yevropa Ittifoqida migratsiya nol darajada bo‘lganda ham, Yevropaning umumiy aholisi tarkibida musulmonlarning ulushi 2050 yilgacha oshadi, deb hisoblamoqda. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Ekspertlar migratsiya darajasi bilan bog‘liq holda uchta ssenariyni tayyorlagan. Unga ko‘ra, migratsiya nol darajada bo‘lganda musulmonlarning ulushi hozirgi 4,9 foizdan 7,4 foizga o‘sadi. Migratsiya darajasi o‘rtacha bo‘lganda esa bu ko‘rsatkich 11,2 foizni, yuqori darajada esa 14 foizni tashkil qiladi. Mualliflar o‘rtacha yoki biroz yuqori darajani haqiqatga yaqin, deb hisoblamoqda.
Tadqiqotda Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi 28 ta mamlakat, shuningdek, Shveysariya va Norvegiya ham hisobga olingan.
Mamlakatlar o‘rtasida musulmonlar ulushi ko‘proq bo‘lganlar Bolgariya (11,1 %), Fransiya (8,8 %), Shvetsiya (8,1 %), Buyuk Britaniya (6,3 %) va Germaniya (6,1 %) hisoblanadi.
Yevropada 2016 yilda jami 25,8 million musulmon bo‘lgan, shu jumladan, Fransiyada 5,7 million va Germaniyada besh million. Uchinchi ssenariyga asosan, Shvetsiyada musulmonlar soni 30,6 foizgacha (4,5 million), Germaniyada 19,7 foizgacha (17,5 million), Fransiyada 18 foizgacha (13,2 million), Buyuk Britaniyada esa 17,2 foizgacha (13,5 million) o‘sadi. Musulmonlarning Yevropadagi umumiy soni 75,6 million kishiga yetadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi