
Bugungi kunning eng kelishgan va mashhur shahzodalaridan biri bo’lmish Garrining oddiygina oila farzandi, ustiga ustak aktrisalik bilan shug’ullanuvchi qizga uylanayotgani eng asosiy yangiliklardan biriga aylandi. Bir vaqtlar Keyt Middltondek muloyim insonni ham qiyinchilik bilan qabul qilgan qirollik oilasi uchun amerikalik shaddod qizni kelin qilish qarori qanday bo’lganini tasavvur qilavering. Shahzoda Garrining urinishlari sabab bugun akrisa Megan Markl o’z an’analariga sodiq bo’lgan qirollik oilasiga a’zo bo’lish arafasida turibdi.
Megan 1981 yili Los-Anjelesda dunyoga kelgan. Uning otasi rejissyor, onasi esa psixoterapevt va yoga o’qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi.
Megan kino muhlislariga ko’plab film va seriallardagi rollari orqali yaxshi tanish.
Ishonish qiyin bo’lsa-da, qirollik oilasining bo’lg’usi kelini va Buyuk Britaniya qirolichasi nabirasining yuragini zabt etgan bu qiz avval turmush qurib ajrashgan. Megan sobiq turmush o’rtog’i, kinorejissyor va prodyuser Trevor Engelson bilan 2 yil davomida birga hayot kechirgan. Aynan mana shu holat qirollik oila a’zolarining bu nikohga qarshi chiqishi uchun asos yaratdi. Ammo muhabbat ustun kelgan joyda hatto buning ham ahamiyat yo’qolar ekan.
Meganning unashtirilish uzugi shahzoda Garrining shaxsan o’zi tomonidan ishlab chiqildi. Uzuk markazidagi olmos Botsvandan, qolgan olmoslari esa Garrining marhum onasi malika Diana kolleksiyasidan olingan.
Shov-shuvli to’y 2018 yilning 26 may kuniga rejalashtirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar