Somali poytaxti Mogadisho shahrida 14 oktyabr kuni sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 512 kishini tashkil etdi. Bu haqda ushbu hujum oqibatlarini tekshirgan qo‘mita ma’lumotida keltirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarda ushbu terakt oqibatida 312 kishi halok bo‘lgani va 62 kishi bedarak ketgani aytilgandi.
Associated Press agentligi ham qurbonlar soni qarib ikki barobar ortgani va 512 kishini tashkil qilgani haqida xabar tarqatdi.
Nashr 14 oktyabr kungi terakt 2001 yil 11 sentyabridan keyin jahonda ro‘y bergan eng yirik terakt bo‘lganini alohida qayd etgan.
14 oktyabr kuni Mogadishoda odamlar gavjum joyda portlovchi qurilmalar ortilgan yuk mashinasi portlatildi. Portlash yaqinida benzovoz ham bor edi va bu terakt oqibatlarini yanada kuchaytirdi. Respublika prezidenti Muhammad Abdullohi Muhammad Somalida uch kunlik motam e’lon qildi.
Ushbu terakt uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmadi, ammo bu Somalida harakatlanuvchi «Al-Shabaab» guruhi tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkin. Somalida hukumat binolariga tez-tez hujum qilib turadigan bu guruh «Al-Qoida» bilan yaqin aloqalarga ega hisoblanadi. 2015 yilning yozida jangarilarning bir qismi IShIDga qasamyod qilgandi.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?