Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev ko‘pchilik boylar va iqtidorlilarni yoqtirmasligini ma’lum qildi. Bu haqda «Tengrinews»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.
Ostonada davlat rahbari ishtirokida «Qozog‘istonning 100 nafar yangi yuzi» forumi bo‘lib o‘tmoqda.
«Sizning yo‘lingiz mashaqqatli. Sizga ma’lumki, boy odamni ko‘pchilik yoqtirmaydi. Buni men aytmaganman, buni ancha avval aytishgan. ‘Men ham shunday boy bo‘laman, unga yetib olaman’ deyish yo‘q. Boylarni xush ko‘rishmaydi: ‘Shunaqa mashinada yuradi, qara, qanaqa qasrlar qurdi’. Yoqtirishmaydi. Iqtidorlilar qobiliyati bilan ajralib turganligi uchun ta’qib qilinadi. Ular boshqalar orasida o‘zgacha. Oddiylar ‘Nega biz unaqa emasmiz?’ deydi, ularni ta’qib qiladi», — deb murojaat qildi prezident loyiha g‘oliblariga.
Nazarboyevning so‘zlariga qaraganda, «100 nafar yangi yuz»ga kirgan yosh qozog‘istonliklarni qahramonlar deb atash mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?