Internetda Mixail Saakashvili Ukraina Xavfsizlik xizmati avtomobilidan qutqarib olinishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Faollar Odessaning sobiq gubernatori olib ketilayotgan mikroavtobusni to‘xtatishgan va uning eshiklarini sindirib, siyosatchini olib chiqishgan.
Saakashvili ozod etilgach, tarafdorlari qurshovida Oliy Rada binosi tomon harakatlangan, uning maqsadi prezident Petro Poroshenkoning impichmentini talab qilishdir.
Saakashvili bugun Kiyevdagi uyida jinoiy tashkilot faoliyatida qatnashganlikda ayblanib qo‘lga olingandi. Ukraina bosh prokuraturasi ushbu siyosatchi mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning puliga namoyishlar o‘tkazmoqda degan ayblovni ilgari surmoqda. Sobiq gubernator buning barchasi yolg‘on ekanini aytmoqda.
Bosh prokuratura Saakashviliga qidiruv e’lon qilgan va u taslim bo‘lishi uchun 24 soat vaqt bergan. Lekin Saakashvili yashiringani yo‘q va tarafdorlari bilan mitinglar o‘tkazmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?