16:26 / 07.12.2017
11 435

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya prezidentini yo‘q qilish uchun alohida mablag‘ ajratdi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya prezidentini yo‘q qilish uchun alohida mablag‘ ajratdi
Janubiy Koreya KXDR yetakchisi Kim Chen Inni yo‘q qilish uchun maxsus otryad yaratadi, deb yozmoqda «Kommersant» nashri.

Janubiy Koreya rahbariyati 2018 yilgi mamlakat mudofaa byudjetiga Kim Chen Inni o‘ldirish xarajatlarini ham rasman kiritdi. 340 million von (310 ming dollar) maqsadi Shimoliy Koreya rahbariyatini yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan ming kishilik otryadni mashq qildirish va qurol-aslaha bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Otryad Amerikaning 2011 yilda xalqaro terrorchi Usama bin Ladinni yo‘q qilgan SEAL Team Six otryadi dasturi bo‘yicha mashq qiladi. Maxsus topshiriqli jangchilarga o‘zini-o‘zi yo‘q qilib yuboradigan uchuvchisiz qurilmalar, razvedka dronlari va stanokli granatomyotlar beriladi. Shimoliy Koreya hududiga sezdirmasdan kirishi kerak bo‘ladigan Ch-47 Chinook Amerika transport vertolyotini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha ham rejalar mavjud.
Janubiy Koreya mansabdorlari bora-bora otryad uchun xarajatlarni ko‘paytirib, unga 26 milliard von (24 million dollar) sarflamoqchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya Shimoliy Koreya prezidentini yo‘q qilish uchun alohida mablag‘ ajratdi