17:11 / 08.12.2017
11 001

“Agar Qur’onni bilganimda edi, Nobel mukofotini yigirma yil oldin olgan bo‘lardim”

“Agar Qur’onni bilganimda edi, Nobel mukofotini yigirma yil oldin olgan bo‘lardim”
Dunyoning eng mashhur embrionolog olimlaridan biri, yahudiy Rob Gillham Qur’on oyatlari bilan tanishganidan so‘ng islom dinini qabul qilgan. Albert Eynshteyn universiteti professorining diqqatini jalb etgan narsa – Qur’ondagi “eridan ajrashgan ayol to‘rt oy idda saqlashi lozim” ifodasi bo‘lgan.

Misr Milliy Embrionologiya markazi professori, doktor Abdel Basit as-Said shunday degandi:
“Embrionolog Gillham tadqiqotlarini dastlab AQShning musulmonlar yashaydigan mavzelarida, keyinchalik Nyu-York, Xyuston va Los-Anjelesda olib boradi. Tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, eridan ajrashgan musulmon ayollardan farqli o‘laroq, boshqa dinlardagi eridan ajrashgan ayollarning organizmida ayni vaqtda ikki, ba’zilarida undan ham ziyod kishining xromosoma izlari bor. Rob Gillham ikkilanib qoldi. Uning rafiqasi ham…”.

Gillhamga tinchlik bermayotgan o‘y shu ediki, rafiqasi u bilan ikkinchi turmushini yashayotgan, ayolning Rob Gillham bilan oila qurishidan oldin boshqa turmushi bo‘lgandi. Aksiga olib, ayol sobiq eri bilan ajrashganidan to‘rt oy o‘tmay turib Rob Gillhamga turmushga chiqqandi. Natijada ayolining organizmini tadqiq etgan Gillham uning badanida ikki kishining xromosoma izlarini topgan.
“Shunda anglab yetdimki, katta o‘g‘limning otasi men emasman. Ayol organizmi erkakning xromosoma izidan to‘liq pokizalanishi uchun to‘rt oy vaqt ketarkan”.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kanadalik olim, anatomiya va embrionologiya sohalarida ulkan tadqiqotlar olib borgan yetuk mutaxassis, sakkiz tilda chop etilgan “Inson embrionologiyasi” kitobining muallifi Keyt Mur shunday degandi:
“Agar Qur’onni bilganimda edi, Nobel mukofotini yigirma yil oldin olgan bo‘lardim”.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Agar Qur’onni bilganimda edi, Nobel mukofotini yigirma yil oldin olgan bo‘lardim”