Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyida bir necha marotaba magnit bo‘roni kuzatiladi. Agar siz meteosezgir inson bo‘lsangiz shuni unutmangki, bu oyda sizni bosh og‘rig‘i bezovta qilishi mumkin.
Albatta, buni oldini olish maqsadida o‘z taraddudingizni ko‘rganingiz o‘zingiz uchun foydalidir. Meteorologlar ma’lumotiga ko‘ra, birinchi magnit bo‘roni 4 dekabrda kuzatilgan. Keyingi bo‘ron esa, 12-13 dekabr kunlari kuzatilishi kutilyapti. Bunda quyosh nuri shamoli esib inson sog‘ligi yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.
2017 yilning 18 dekabrida esa eng kuchli magnit bo‘roni kuzatilishi aytilmoqda. Qisqa muddat kuzatilishiga qaramay, uning salbiy oqibatlari ta’sir maydoni katta bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun o‘zingizni juda yomon sezishingiz va bosh og‘rig‘idan aziyat chekishingiz mumkin. Mutaxasisilar esa bunday kunlarda yaxshi ovqatlanishni va sog‘lom turmush tarziga qa’tiy rioya qilishni maslahat berishmoqda.
Shifokorlarning fikriga ko‘ra, magnit bo‘roni kuzatilayotgan kunlarda, achchiq va shirin taomlarni imkon qadar iste’mol qilmaslik va alkogol ichimliklardan mutloqo voz kechish kerak.
Bundan tashqari shifokorlar,yoshi keksa va yurak xastaligi bilan og‘riyotgan insonlar o‘zlarini juda ehtiyot qilishlari kerakligi alohida ta’kidlangan. Chunki, aynan mana shu toifadagilarda nafas olish ancha qiyinlashishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi