6 788
O’qing, ammo yig’lamang! Santa-Klaus umrining oxirgi kunlarini o’tkazayotgan 2 yoshli bolani ko’rishga bordi
Yuta shtatida yashovchi Maylz Agnyu bolalar miya falajligi, epilepsiya va boshqa ko’plab nevrologik kasallikлardan aziyat chekkan. U oxirgi oylarni onkologik kasalliklar shifoxonasida o’tkazayotgan edi. Uning tutingan onasi esa Maylzning ahvoliga qarab bolakay Rojdestvo bayramiga qadar yetib bora olmasligini tushundi.
Mishel o’g’lini oxirgi Rojdestvo bayramidan mahrum qilmaslik uchun “Secret Sleigh” hayriya loyihasiga yordam so’rab murojaat qildi. Jerri Bodil esa bemor bolakayning onasi iltimosiga ko’ra Santa-Klaus libosida uni ko’rishga bordi. Jerrining o’zi ham farzand dog’ini ko’rgan edi, shuning uchun Maylzning oilasi ayni paytda nimalarni his qilayotganini yurak-yurakdan tushunib turardi.
“Aldamayman, menga juda qiyin bo’ldi, Santaning ko’zlarida yosh qalqib turdi” deydi Jerri Bodil.
Ikki yoshli bolakay Santaning quchog’iga o’tirib olgancha suratga tushdi va ushbu ta’sirli surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshladi.
Ming afsuski, Maylz uchun Yangi yil mo’jizasi sodir bo’lmadi – bolakay Santa tashrifidan bir hafta o’tib, oilasi bag’rida vafot etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"