17:03 / 19.12.2017
7 333

Qiz o‘z otasini bo‘g‘ib o‘ldirgani yetmagandek, uning tanasini burda-burda qildi

Qiz o‘z otasini bo‘g‘ib o‘ldirgani yetmagandek, uning tanasini burda-burda qildi
Rossiyaning Dog‘iston Respublikasida bir qiz o‘z otasini o‘ldirgan. Tergov organlarining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2016 yilda qiz o‘z otasi bilan o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lgani sababli, otasini o‘ldirishga qaror qiladi.

Xabarda keltirilishicha, “Dastlab, otasining ovqatiga 40 dona dori qo‘shib yediradi. Oradan bir oz vaqt o‘tgandan keyin, otasining o‘lmaganini ko‘rib, qiz o‘qlog‘ bilan otasining boshiga bir necha marta uradi. O‘qlog‘i ham singanidan keyin, tova bilan ura boshlaydi va oxirida sochiq bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi”.

Keyin, ikki kun davomida qiz o‘z otasining tanasini maydalaydi. Maydalangan tananing bir qismini hojatxonaga oqizadi, qolgan bir qismini esa Maxachqal’adagi qabristonga olib borib ko‘madi.

Hozirgi vaqtda, qiz ustidan jinoiy ish ochilib, u qotillikda ayblovchi xulosa bilan sudga chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qiz o‘z otasini bo‘g‘ib o‘ldirgani yetmagandek, uning tanasini burda-burda qildi