AQSH armiyasi bo’linmalari zarurat paydo bo’lganda Shimoliy Koreyaga tegishli yerosti komplekslarida samarali jang qila olish uchun maxsus mashg’ulotlarga kirishdilar.
Amerikalik mutaxassislar fikriga ko’ra, Shimoliy Koreyada urush hodisasi paytida rahbariyat va taхminlarga ko’ra kimyoviy hamda yadroviy qurollarni berkitish uchun mo’ljallagan minglab tunnellar va yerosti inshootlari bor.
Warrior Strike IX deb nom olgan 4 kunlik mashg’ulotlar payida 5-chi kavalerlar polkining birinchi bataloni Shimoliy Koreyadagi Stenli lageri kompleksi tunnellarida mudofani yorib o’tish va harbiy faoliyat bo’yicha mashq qildilar. Harbiylar qorong’ulikda yaxshiroq harakatlanish uchun mashqlarni maxsus himoya liboslari va kechki payt ko’rish imkonini beruvchi ko’zoynaklar yordamida bajarishgan.
Ayrim taхminlarga ko’ra, Shimoliy Koreyada 6000 dan 8000 tagacha bo’lgan yerosti inshootlari bo’lib, ular havo xujumlari bo’layotgan paytda rahbariyat va qurolli kuchlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari ularda kimyoviy qurollar zahirasi saqlanadi degan taхminlar ham yo’q emas.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi