21:33 / 22.12.2017
5 167

Erkak rafiqasining ajrim talabi sabab uni pichoqlab tashladi

Erkak rafiqasining ajrim talabi sabab uni pichoqlab tashladi
Birmingemlik 30 yoshli Jeyms Barns o’z rafiqasini shifoxonadagi tungi navbatchilikdan so’ng uhlayotgan paytida pichoqlab tashladi va ota-onasining uyiga borib, o’zining ham joniga qasd qildi.

Jeyms va Emi uch yil avval turmush qurishgan, hashamatli uyda istiqomat qilib, ajoyib joylarda ishlashgan. Bir qarashda ularning munosabatlari havas qilgudek edi. Ammo marhuma jasadi yonidan kichik ko’k rangli daftarcha topilgan va unda juftlikning birga o’tkazgan yillari faqatgina janjaldan iborat bo’lgani aytilgan.

Xabarda aytilishicha, ular oilaviy maslahatchilari yoniga borishgan, ammo natija bo’lmagach, Emi ajrashishni talab qila boshlagan. Erkak o’z hayotini rafiqasisiz tasavvur qila olmagani sabab qotillikka qo’l urgan.

Erkak ayolini o’ldirishdan bir necha soat avval ijtimoiy tarmoqdagi sahifasining asosiy surati o’rniga to’y kunidan olingan tasvirni joylashtirib qo’ygan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erkak rafiqasining ajrim talabi sabab uni pichoqlab tashladi