Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov Grozniydagi bayram archasi tantanalarida mamlakatning bosh Qorbobosi bilan birga ishtirok etdi va Yangi yil uchun tilak aytib, Qorbobodan sovg’a ham oldi. Bu haqida Kadirov o’zining Telegram ijtimoiy tarmog’idagi kanali orqali ma’lum qilgan.
“Biz Qorbobo bilan birga butun dunyoga tinchlik va koinotdagi har bir bola uchun baxt tiladik” deydi Kadirov.
Xabarda aytilishicha, Qorbobo kimki, soat millari bong urganda tilak aytib, bittagina bo’lsa ham yaxshi ish qilsa, uning orzusi amalga oshishini ta’kidlab o’tgan.
Checheniston rahbari Qorbobo bilan birga bayram archasidan tashqari bir nechta maktab va bog’chalarga borgani, bolalar va kattalarni bayram bilan tabriklab, sovg’alar ulashganini ham qayd etdi.
Shuningdek, Ramzan Axmatovich Qorbobo qo’lidan sovg’a va yaxshi amallar bo’yicha “yordamchi” unvonini ham oldi.
“Men bo’sh qo’l bilan kelganim yo’q. Chechenistonning bosh sehrgari sifatida senga Yangi yil nimchasi va Vologda viloyati hukumatidan sovg’a sifatida Vologda krujevasidan olib keldim” deydi Qorbobo Kadirovga qarata.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar