
O‘n bir nafar qarindoshlari bilan birga korrupsiyada ayblanib ozodlikdan mahrum etilgan shahzoda Al-Valid bin Talol ozodlikka chiqishi uchun talab qilinayotgan 6 milliard dollarni bermaslikka qaror qildi.
U o‘zining aybdorligini tan oldi. Biroq buncha pulni qirollikka berish niyati yo‘qligini bayon etdi. Buning o‘rniga u o‘ziga tegishli «Kingdom Holding» kompaniyasining bir qismini berishi mumkinligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni qirolligi 11 nafar shahzoda, to‘rt nafar vazir, o‘nlab sobiq vazirlarni korrupsiya jinoyati sodir etganlikda ayblab qamoqqa olish haqida farmon e’lon qilgan. Ularni turma o‘rniga besh yulduzli otelda saqlashmoqda. Mamlakat qiroli ularning barchasiga ozodlikni pulga sotib olishni taklif qildi. Al-Valid-bin Talol ham o‘shalarning biri.
Rasmiy xabarlarga qaraganda, u mamlakatdagi eng badavlat shaxs hisoblanib, ayni paytda 19 milliard dollardan ortiq boylikka ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar