Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona shahrida tashkil etilgan xayriya tadbirida ishtirok etdi. Oqo‘rda Matbuot xizmatining xabar berishicha, prezident yil yakunidagi nutqlaridan birida bajarilgan ishlarning sarhisobiga to‘xtalib o‘tgan.
«Tugallanib borayotgan yil bizga yirik va yorqin voqealari bilan yodda qolmoqda. Qishki Universiada hamda «EXPO-2017» xalqaro ko‘rgazmasi qozog‘istonliklarga haqiqiy sport va texnologik bayramni taqdim eta oldi. Biz Islom hamkorlik tashkilotining sammitini eng yuqori ko‘tarinki ruhda o‘tkazdik», deb so‘z boshlagan prezident.
Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik Kengashidagi ishtiroki borasidagi masalaga alohida to‘xtalib, «bu yosh davlatga nisbatan bildirilgan ishonch ekanini ta’kidlagan».
«Deyarli 200ta davlatlar ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Kelasi yil biz Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining yirik anjumanini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Islohot va natijalarning ortida har bir kishining ulkan mehnati turibdi, o‘ylaymanki, har bir fuqaro Qozog‘iston hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlarga o‘zini aloqador etib his etishi tabiiy», deb qo‘shimcha qilgan u.
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti o‘z nutqini bayramona kayfiyatda yakunlab, barchani Yangi yil bilan qutladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi