
“VKontakte” guruhi 2017 yilda foydalanuvchilar tomonidan eng ko’p muhokama qilingan inson va hodisalar ro’yxatini tuzishdi. Bunda ism va tadbirlar xabari ostidagi yozuv hamda izohlar inobatga olingan.
Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqda eng ko’p muhokama qilingan yil odami Vladimir Putin bo’lib chiqqan. Shu barobarida foydalanuvchilar Putinning amerikalik hamkasbi Donald Tramp va reperlar Basta hamda Faceni ham ko’p bor muhokama qilishgan.
Ijtimoiy tarmoqning matbuot xizmati foydalanuvchilar Putinni mazkur yili 6,8 million marta tilga olganliklari, Bastada 2,8 million ko’rsatkich qayd etilgani, Tramp natijalari Putindan 200 mingtaga kamroq ekanligi ma’lum qilingan.
Shuningek, eng ko’p muhokama qilingan insonlar orasida Skriptonit, Eldjey va Oksimiron, xonanda Egor Krid va futbolchi Lionel Messi ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar