Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Valeriy Gerasimov aytishicha, Suriyadagi IShID terrorchilik guruhining harbiy qismlari boshida Yaqin Sharq va G‘arb mamlakatlaridan kelgan instruktorlar tomonidan o‘qitilgan qo‘mondonlar turgan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi voqealar boshlanishi bilan bosh shtab muhitni kuzatgan va ushbu guruhlar harakatlarining taktikasi o‘ziga xosligini bilgan. Gerasimov ular terrorchilik harakatlaridan tashqari, taktik usullarni ham qo‘llashini aytdi.
«Ushbu noqonuniy qurolli guruhlar boshida qator Yaqin Sharq va G‘arb mamlakatlaridan kelgan instruktorlar tomonidan maxsus o‘qitilgan qo‘mondonlar turgan. Iroq armiyasining sobiq ofitserlari ham bo‘lgan», — dedi Gerasimov.
Bundan tashqari, general jangovar harakatlar chog‘ida terrorchilar Iroq va Suriya armiyasining katta miqdordagi qurol-yarog‘ va texnikasini qo‘lga kiritganini aytdi.
«Tank va zirhli mashinalarning o‘zi ularda 1,5 mingtagacha bo‘lgan. Qo‘shimcha ravishda taxminan 1,2 mingta qurol va minomyot. Bu muntazam armiya edi, desa ham bo‘ladi», — deya ta’kidladi Gerasimov.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.
Manba: daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi