KXDR 3 yanvar kuni Janubiy Koreya bilan chegarasida maxsus "qaynoq aloqa liniyasi" ochilgani haqida ma’lum qildi. Keyinroq Janubiy Koreya vakillari ham buni tasdiqlashdi.
Liniya KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi demilitarizatsiya qilingan hudud - Pxanmundjom qishlog‘i orqali o‘tadi. Chorshanba kuni ertalab chegarachilar o‘rtasida qo‘ng‘iroq almashinuvi bo‘ldi, biroq uning mazmuni oshkor etilgani yo‘q - kamida, ular aloqani sinovdan o‘tkazishlari kerak bo‘lgan, deb yozadi The Washington Post.
Mazkur liniyani ochish qarori haqida KXDR yetakchisi Kim Chen In maxsus bayram murojaatida e’lon qilgandi. Shuningdek, KXDR 2018 yilning fevralida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga mamlakat terma jamoasini yuborishga qaror qilganini aytgandi. Gap shundaki, Olimpiada musobaqalari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida bo‘lib o‘tadi.
"Biz terma jamoamizni Olimpiadaga yuborish niyatidamiz", - deb qayd etgan u. Shu bilan birga, Kim Chen In Koreya Respublikasi bilan munosabatlar yaxshilanishi zarurligini qayd etgandi.
Ta’kidlash joizki, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqa liniyasi 2016 yilda, Janubiy Koreya yadroviy sinovlar sabab KXDRga sanksiyalar kiritganidan keyin yopilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas