22:50 / 04.01.2018
6 449

Ivanka Tramp va Jared Kushner: Muhabbatmi yoki ...?

Ivanka Tramp va Jared Kushner: Muhabbatmi yoki ...?
AQSH prezidenti Donald Trampning katta qizi Ivanka va uning umr yo’ldoshi Jared bugungi kunda AQSH hayotida muhim o’rin tutishlarini hech kim inkon eta olmaydi. Ushbu juftlik haqidagi mish-mishlarning son-sanog’i bo’lmasa-da, ular 10 yildan buyon birga baxtli hayot kechirib kelish barobarida 3 nafar farzandni tarbiya qilishmoqda.

1.OAV ularni J-Vanka deb ataydi. Juftlikning bunday nomi 2007 yilda, ularning o’zaro munosabatlari hali sir saqlanayotgan paytlardayoq paydo bo’lgan.

2.Juftlikning tanishib qolishiga ko’chmas mulk bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlardan biri sababchi bo’lgan. U Ivanka va Jared biznes haqidagi kelishuvlarni amalga oshirishlari mumkin deya tahmin qilgan, buning o’rniga esa ular bir-birlarini sevish qolishgan.

3.2008 yilda juftlik e’tiqodlari sabab ajralib ketishgan. Jared – yahudiy bo’lib, uning ota-onasi Ivankani o’z oilalariga qabul qilishni istashmagan. Ivanka sevgan insoni uchun uning dinini qabul qilgan, ammo bunga qaramasdan turmush o’rtog’ining ota-onasi tomonidan yillar davomida xush ko’rmay qabul qilingan.

4.Ivanka turmush o’rtog’i kechgacha ishlagan paytlari uning uchun xursand bo’lishi haqida aytgan. Sababi uning o’zi ham shaxsiy vazifalarni bajarish yoqimli ekanligini biladi va ko’p hollarda ishda ushlanib qoladi.

5.“Men oshxona haqida hech qanday tushunchaga ega emasdim. Hayotimda tuxumni qanday qaynatish haqida ma’lumot izlagan paytlarim ham bo’lgan” deydi Ivanka. Trampning katta qizi Jared bilan o’z taqdir rishtalarini bog’lagach, taom pishirishni o’rganib oldi. Uning aytishicha, eri va farzandlari uchun taom tayyorlashni yaxshi ko’radi va bu ishni eng kamida haftada bir marta amalga oshiradi.

6.Donald Tramp qizining to’yida juda qisqa tilak aytib, o’z niyatlarini bildirgan. Uning tilagi “ Baxtli bo’lib, hayotdan bahra olinglar” so’zlaridan iborat bo’lgan holos.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ivanka Tramp va Jared Kushner: Muhabbatmi yoki ...?