Saudiya Arabistonidagi podshohlik saroyida yuz bergan noroziliklar tufayli 11 nafar shahzoda qo‘lga olindi. Bu haqda Saudiyaning «Sabk» internet gazetasi xabar berganligini Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, podshohlik oilasining norozilik bildirgan shahzodalari podshoh Salmon bin Abdul Aziz Ol Sauddan tegishli buyruqni bekor etishni talab qilishgan. Unga ko‘ra, shahzodalar hisoblaridan suv va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish to‘xtatilishi lozim. Shahzodalarning ma’lum qilishicha, qotillikda ayblangan hamda uch yil muqaddam qatl etilgan amakilarining o‘g‘illari o‘limi uchun ham tovon puli olishni xohlaydilar.
Podshohlik gvardiyasi norozi bo‘lganlarni ular saroyni tark etishdan bosh tortishgach, hibsga oldi. Shahzodalar «Al-Xayr» qamoqxonasida sudga qadar hibsda saqlanmoqda.
Avvalroq Saudiya Arabistonining marhum qiroli Abdulloh bin Abdulaziz Ol Saudning korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingan ikki o‘g‘li – Faysal bin Abdulloh va Mash’al bin Abdulloh ozodlikka chiqarilgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi