
Saudiya Arabistonidagi shifoxonalarning birida faoliyat olib borayotgan hamshiralar kasallangan chaqaloqning ustidan kulib, uni videoga olgancha, rolikni internetga joyladilar.
Video tarqalishi bilan esa hamshiralar o’z ishlari bilan xayrlashishdi.
Xabar berilishicha, chaqaloq kasalxonaga xavfli infeksiya sabab tushib qolgan.
Videodagi hamshira chaqaloqning yuzni siqib uni turli qiyofalarga kiritib o’ynayotgani, qolgan hamshiralarga ham ushbu “o’yin” yoqib tushgani tasvirlangan.
Videodagi chaqaloqning ota-onasi o’z farzandlari ishtirokidagi “o’yin”ni ko’rganlaridan so’ng ushbu hodisa katta janjalga aylanib ketdi.
Mamlakatning sog’liqni saqlash boshqarmasi esa hamshiralarning shaxsi aniqlangani va ishdan haydalgani haqida aytgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar