AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ishini vazifasiga kirishgan dastlabki vaqtlardagiga nisbatan kechroq boshlamoqda, deb xabar bermoqda Qalampir.uz nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp ko‘p vaqtini televizor ko‘rish, telefonlarga javob berish va Tvitterdagi sahifasida fikrlarini qoldirishga sarflaydi.
Hujjatlarga ko‘ra, Trampning odatiy ish kuni soat 11 da milliy xavfsizlik va razvedka ma’lumotlarini o‘rganishdan boshlanadi. Ertalabki soat 8 dan 11 gacha bo‘lgan vaqt “ma’muriy masalalarni hal qilish vaqti”, deb belgilangan bo‘lsada, Tramp o‘z qarorgohida bo‘ladi va televizor tomosha qiladi.
O‘zining Oval xonasida Tramp soat 18 gacha ishlaydi. Bu vaqt davomida u bir yoki ikkita uchrashuv o‘tkazadi yoki telefon orqali suhbatlashadi yoxud oshxonaga kirib televizor orqali yangiliklar dasturlarini tomosha qiladi. Ish vaqti tugaganidan keyin, Oq uy qarorghining yashash hududiga o‘tadi va yana televizor tomosha qiladi yoki telefon orqali suhbatlashadi.
Portalning ma’lum qilishicha, o‘z vazifasiga kirishgan dastlabki vaqtlarda o‘z ish kunini erta boshlab, kech yakunlagan. Nonushta vaqtida ham uchrashuvlar o‘tkazgan, razvedka ma’lumotlari bilan 10.30 gacha tanishib ulgurgan.
AQSh prezidenti Matbuot kotibi Sara Sanders bu xabarni izohlay turib, “prezident ertalab qarorgohda ham Oval xonada ham ish bilan band bo‘ladi, bu paytda u xodimlar, kongressmenlar, vazirlar va xorijiy davlatlarning rahbarlari bilan telefon orqali muloqotda bo‘ladi”, degan.
Portalning ma’lum qilishicha, AQShning 43 prezidenti kichik Jorj Bush odatda, Oval xonaga ertalab 06.45 da kelgan. Undan keyingi prezident Barak Obama esa, o‘z ishini ertalabki 9 dan 10 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi