15:48 / 09.01.2018
13 103

Xitoyda dunyodagi eng uzun ko’prik qurildi

Xitoyda dunyodagi eng uzun ko’prik qurildi
2018 yilda Gonkong, Makao va Chjuxayni birlashtirib turuvchi dunyodagi eng uzun ko’prik foydalanish uchun topshiriladi.

Xabarda aytilishicha, ko’prikning uzunligi 55 km bo’lib, uning 38 km qismi bevosita ko’prikning turli qismlariga to’g’ri keladi. Bundan tashqari ko’prikda 7 km li suvosti tonneli va sun’iy orollarni ham uchratasiz.

Asosiy ko’prikning uzunligi esa 30 km bo’lib, avtomobil harakatlanishi uchun bu yerda har bir yo’nalishga uchtadan yo’lak ajratilgan.

Ko’prikning qurilish ishlari 2009 yildan boshlangan va barcha ekologik talablar, jumladan hududning dengiz faunasiga zarar yetkazmaslik ham hisobga olingan. Qurilish ishlari bilan China Communications Construction Co. kompaniyasi shug’ullanmoqda, loyiha uchun esa 11 millard AQSH dollari sarf etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda dunyodagi eng uzun ko’prik qurildi