4 650
Afg‘oniston farzandi: “Donald Tramp bizni qutqaring, urushni to‘xtating, bu qo‘lingizdan keladi-ku!» (Video)
Asli afg‘onistonlik, hozirda Qozog‘iston Respublikasida o‘qiyotgan talaba Hafiz Xon o‘zining Facebookdagi akkauntiga fideomurojaat joylashtirgan. Yosh yigit ikki mamlakat rahbarlari, xususan, Nursulton Nazarboyev va Donald Trampdan Afg‘onistondagi urushga barham berishlarini so‘ragan. Bu haqda “Hordiq.uz” xabar bermoqda.
“Men Afg‘onistondagi urushni ko‘rganman. Men yaqinlarim o‘limiga guvoh bo‘lganman. Singlimni hatto maktabga yuborishga ham qo‘rqamiz, sababi u ortga qaytmasligi mumkin. Men urish davom etishini istamayman!».
Gaplarini davom ettirarkan, yosh yigit Donald Trampga alohida murojaat etdi. Uni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
“Hurmatli Donald Tramp, siz yer yuzidagi eng taniqli odamsiz. Bu muammoni hal etish qo‘lingizdan keladi-ku, axir! Iltimos, yurtimdagi urushni to‘xtating! Men hozir Qozog‘istonda oliy ta’lim olyapman, bu yerda menga tinch-totuv hayot kechirishni, barcha millatlar teng ekanligini o‘rgatishdi. Afg‘onistonda ham xuddi shunday tinchlik bo‘lishini juda xohlayman. Hurmatli Nursulton Nazarboyev, siz yaqinda Donald Tramp bilan uchrashishingizni bilaman, iltimos, unga bu taklifni bildiring. U bizga yordam bera oladigan insondir!”. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi