18:24 / 11.01.2018
9 765

Stiven Xoking kun kelib Yer do’zaxga aylanishi haqida ma’lum qildi

Stiven Xoking kun kelib Yer do’zaxga aylanishi haqida ma’lum qildi
Angliyalik fizik va teoretik Stiven Xoking Yer kun kelib quyosh tizimidagi boshqa bir sayyora – Veneraning qismatini takrorlashi haqida ma’lum qildi. Olimning aytishicha, Yerdagi ob-havo sharoiti insonlarning qirilib ketishiga olib keladi, haddan ortiq issiq harorat esa Yerni haqiqiy do’zaxga aylantirib yuboradi.

Agar insoniyat parnik gazning chiqarilishini kamaytirmaydigan bo’lsa ertami kechmi Yerdagi harorat +460 darajaga yetadi.

Olimlar 4 mlrd yil avval Venera sayyorasi ham Yer bilan bir atmosfera, dengizlar va o’simliklar dunyosiga ega bo’lgani, ammo bir qator sabablarga ko’ra “yonib ketgani” haqida ta’kidlaydilar. Yerning o’rtacha hisobdagi yoshi 4,5 mlrd yil bo’lsa, oradan yana 500 million yil o’tib sayyoramiz kimsasiz sahroga aylanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Shuningdek Xoking zararli chiqindilar darajasini pasaytirishga yo’naltirilgan halqaro kelishuvlar haqida ham ta’kidlab o’tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stiven Xoking kun kelib Yer do’zaxga aylanishi haqida ma’lum qildi