
AQSHda istiqomat qiluvchi Rob Bliss ko’chalarda o’tirgan uysiz tilanchilarni ko’rgancha afsus va achinish hissini tuyadi. Yigit ularning yegulik uchun o’tgan-ketgandan pul so’rab o’tirishlarini hayoliga keltirib, kiyim-kechak masalasida ularga juda og’ir ekanligini sezgan.
Xabarda aytilishicha, Rob odatda internet do’konlari xizmatidan foydalangan va ularda haridni buyurtmachi tomonidan aytilgan odamga yetkazib berish xizmati borligi haqida bilgan.
Yigit sovuq kunda ko’chada qolgan odamlar uchun kurtka, yopinchiq va shu kabi issiq liboslar harid qilib, kuryerlar xizmatidan foydalangan holda sovg’alarni o’z egalariga yetkazdi.
Ushbu holat aks ettirilgan videorolik esa internetga joylandi. Rob ushbu rolikni do’kon reklamasi sifatida tushunmaslikni iltimos qilgan. Yigitning o’zi ham mashhurlikka o’ch emas, u shunchaki tomoshabinlarga yaxshilik qilish juda oson ekanligiga ishora qilgan holos.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar