
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, 11 yanvar kuni rossiya va xorijiy ommaviy axborot vositalari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni maqtadi hamda bu qarama-qarshilikda uning yengib chiqqanini va bu g‘alabani faqat qayd etish qolganini ta’kidladi.
Putin Shimoliy Koreya rahbari to‘g‘risida, “Mening fikrimcha janob Kim Chen In, so‘zsiz bu partiyani yutib chiqdi. U o‘zining oldida turgan strategik vazifani ado etdi: ularda yadroviy kallak bor, 13 000 kmgacha uchadigan – yer sharining xohlagan nuqtasiga, ehtimoliy dushman hududigacha yetib borishi mumkin bo‘lgan global raketa bor. Endi u vaziyatning maromiga tushishi va tinchlanishidan manfaatdor. Kim Chen In – mutlaqo aqlli va yetuk siyosatchidir”, degan fikrlarni bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar