
Qochqin rohinjalarga, nihoyat, shaxsini tasdiqlovchi hujjat berilishi mumkin. Malayziyalik faollar tashabbusi bilan buning uchun maxsus loyiha boshlandi.
«Golos Islama» nashri xabarida aytilishicha, loyiha tufayli rohinjalar dunyoning barcha mamlakatlarida shaxsini tasdiqlay oladigan bo‘ladi.
Myanmadagi qirg‘indan qochgan rohinjalar jamiyatda hech qanday maqomga ega emas, chunki ularning hech qanday hujjati yo‘q.
“Myanma hukumati rohinjalarga vatansiz ko‘chmanchilar deb qaraydi. Ularda faqat qarindoshlik aloqalarini ko‘rsatuvchi hujjat bor. Loyiha doirasida biz internetda ma’lumotlar bazasini yaratdik. Rohinjalar qo‘lidagi hujjatlarni ushbu bazaga kiritdik. Hujjatlar tahlil qilinadi va ularning egalari shaxsini tasdiqlovchi hujjat oladi”, – dedi loyiha mualliflaridan biri rohinja Muhammad Nur.
Manba: azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar