13:26 / 14.01.2018
4 427

Trampning ruhiy sog‘lomligi tekshirilishi talab qilinmoqda

Trampning ruhiy sog‘lomligi tekshirilishi talab qilinmoqda
Amerikalik shifokorlar o‘zlarining hamkasblari Ronni Jeksondan AQSh prezidenti Donald Trampni nafaqat jismoniy sog‘lomlikka tekshirishini, balki uning ruhiy sog‘lomligiga ishonch hosil qilishni talab qilishdi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Trampning salomatligini tekshirayotgan Jekson davlat rahbarining ruhiy holatini tahlil qilish uchun bir qator standart testlarni o‘tkazishi zarurligi ko‘rsatilgan maktub olgan. Shifokorlarni Trampning noaniq nutqi, bir so‘zni qaytaraverishi, so‘z boyligi kamligi hamda xatti-harakatlarining buzilgan koordinatsiyasi tashvishlantirmoqda.

Murojaatga imzo chekkanlar Tramp 71 yoshda ekanligiga va 66 yoshdan katta har qanday kishini ruhiy sog‘lomlikka tekshirish maqsadga muvofiqligiga asoslanishgan. Xususan, shifokorlar Trampni tekshirishda nevrologik ko‘rikka ahamiyat qaratishni, unda aql zaiflik ehtimoli bor-yo‘qligini va ma’lumotlarni qabul qilishga qodirlikni aniqlashtirishni so‘rashmoqda.

9 yanvarda Tramp AQSh madhiyasi so‘zlarini bilmaslik yoki ularni unutib qo‘yganlikka gumon qilingandi. Tramp Atlantadagi universitetlararo futbol chempionati uchrashuvi vaqtida madhiyani tutilishlar bilan, xor ijrosiga mos tushmagan holda ijro etgani payqalgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning ruhiy sog‘lomligi tekshirilishi talab qilinmoqda