00:48 / 15.01.2018
4 953

Ayolining qo’lini chopib tashlagan moskvalik “Otello” xotiniga qamoqdan chiqqunicha uni kutishini buyurdi

Аёлининг қўлини чопиб ташлаган москвалик “Отелло” хотинига қамоқдан чиққунича уни кутишини буюрди
Xabaringiz bor, avvalroq moskvalik yigit rashk sabab o’z rafiqasining qo’lini bolta bilan chopib tashlagani haqida ma’lum qilingan edi. Ayni kunlarda erkakning rafiqasi Margarita Sheykina kasalxonadan chiqqan, Dmitriy Grachyov esa qamoqqa olingan.

Erkak turmadan turib, sobiq rafiqasiga maktub yo’lladi va qamoqdan chiqqunicha uni kutishni buyurdi.

Xabarda aytilishicha, Dmitriy agar Margarita uni kutmaydigan bo’lsa, turmadan chiqqach sobiq ayolini o’ldirishi haqida yozgan. Juftlik 9 yanvar kuni rasman ajrashgan bo’lsalar-da, u Margaritadan ajrashish uchun bergan arizasini qaytarib olishni so’ragan.

“Yoki u hech narsani tushunmagan, yoki buni kasal deb qaror chiqarishlari uchun atayin qilyapti. Lekin u menga xotinimni jazoladim va endilikda baxtli oila bo’lamiz deb o’ylayotgandek ham tuyulyapti. Faqat qanday qilib buni tasavvur qila olayotganini tushunmayapman” deydi Sheykina.

Ayol shuningdek sobiq erini qamoqdan qo’yib yuborishlaridan juda qo’rqayotganini ham qo’shimcha qilgan, sababi erkak avval ham unga tahdid qilib, ustiga kislota sepib yuborishi haqida aytib qo’rqitgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayolining qo’lini chopib tashlagan moskvalik “Otello” xotiniga qamoqdan chiqqunicha uni kutishini buyurdi