10:18 / 19.01.2018
6 375

Qozog‘iston IIV avtobusning yonib ketish sabablari qachon ochiqlanishini ma’lum qildi

Qozog‘iston IIV avtobusning yonib ketish sabablari qachon ochiqlanishini ma’lum qildi
Avvalroq, Qozog‘istonnig Aqto‘be viloyatida avtobus yo‘lovchilar bilan yonib ketgani haqida xabar bergan edik.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Yerlan Turgumbayev bu fojia yuzasidan brifing o‘tkazdi.

Turgumbayev brifingda, “Halok bo‘lganlarni ko‘rib aniqlashning iloji yo‘q. Shuning uchun ularning jasadi Aqto‘be shahridagi o‘likxonaga olib boriladi va o‘sha yerda shaxsi aniqlanadi”, deb bayonot bergan.

Turgumbayev “avtobus saloni butunlay yonib ketgani, shuning uchun sud-tibbiy ekspertiza va boshqa mutaxassislar surishtiruv ishlariga jalb qilinib, laboratoriya-tekshiruv ishlari olib borilayotgani va yong‘inning sabablari bugun, 19 yanvar kunining birinchi yarmida ma’lum qilinishini” qo‘shimcha qilgan.

Shu bilan birga, odamlarning nima uchun yonayotgan avtobusdan chiqa olmaganiga, “Alohida ta’kidlash kerakki bu yo‘l transporti hodisasi emas. Chunki avtobus texnik soz holatda, harakatlanmasdan yo‘lning chetida turgan. Bu yerda jinoyat alomatlarini ko‘rmadik. Bu baxtsiz hodisa bo‘lishi kerak. Tirik qolganlarning ko‘rsatmalari ham shuni tasdiqlaydi. Ularning ta’kidlashicha, avtobusning salonida yong‘in boshlangan. Avval achchiq tutun tarqalgan va ko‘plar bu tutundan zaharlangan bo‘lishi kerak va shu sababli chiqib ketolmagan. Avtobusning eshigi ochilganidan keyin, toza havo kirishi natijasida kuchli alanga kelib chiqqan. Buning oqibatida yo‘lovchilar chiqa olmagan. Qolaversa, avtobus ichida juda ko‘p yuk ham bo‘lgan. Avtobus ikki qavatli bo‘lib, odamlar ikkinchi qavatda, yuklar birinchi qavatda bo‘lgan. Yuklar butunlay yonib ketgan. Juda katta yong‘in yuzaga kelgan”, deb izoh bergan.

Bu avtobus Rossiyaning Qozon shahriga borishi kerak bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston IIV avtobusning yonib ketish sabablari qachon ochiqlanishini ma’lum qildi