Jurnalist, “Alanga va g’azab: Trampning oq uyida” kitobi muallifi Maykl Volf AQSH prezidentini o’z ayoli Melaniyaga хiyonat qilishda ayblamoqda. Ushbu ayblov Media ITE loyihalarining birida yozuvchi tomonidan efir payti aytib o’tilgan.
Xabarda aytilishicha, ko’rsatuv boshlovchisi jurnalistdan kitobda avvallari amerikaliklar uchun noma’lum bo’lgan ma’lumotlar borligi yoki yo’qligi haqida savol beradi. Yozuvchi esa bunga tasdiq javobini berib, aynan nima haqida gap borayotganini ayta olmasligini qo’shimcha qilgan. “Ushbu kitobda men aniq ishongan bir narsa bor, ammo bu shunchalar provokatsion mavzuki, yakuniy dalillar topilmagan” dedi Volf.
Jurnalist boshlovchining “Gap ayol kishi haqida ketayaptimi?” degan savoliga ham tasdiq javobini bergan. Shuningdek u davlat rahbarining ayni paytda ham chetdagi ishqiy romani borligi haqida aytib o’tgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar