20:39 / 20.01.2018
6 838

Omon qolgan haydovchining onasi: “O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘rayman”

Omon qolgan haydovchining onasi: “O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘rayman”
Qozog‘istonning “31-kanal” jurnalistlari Oqto‘ba viloyatidagi fojiada omon qolgan haydovchilarning yaqinlari bilan uchrashdi. Tirik qolganlardan biri Maqsat Pernebekov fojiadan bir necha soat oldin qayerda ekani, tashqarida havo harorati qandayligi va manzilgacha qancha masofa qolgani haqida videorolik jo‘natgani ma’lum bo‘ldi.

“Men O‘zbekiston xalqidan, halok bo‘lgan yigitlarning onalaridan egilib kechirim so‘rayman”, – deydi Maqsat Pernebekovning onasi ko‘zida yosh bilan.

Maqsat Pernebekovning yaqinlari fojiadan televizor orqali xabar topishdi. Ular zudlik bilan Maqsatga qo‘ng‘iroq qilishdi, u esa qo‘li va boshi kuyganini aytdi.

“U uxlab yotgan, avtobusni sherigi haydab ketayotgan ekan. Hodisa qanday bo‘lganini bilmasligini, avtobusdan tushgandan keyin portlash bo‘lganini aytyapti”, – deydi Maqsatning opasi.

Maqsat Pernebekov “Setra” avtobusini 4 yildan beri haydayotgan edi. Qozonga ko‘p bora borgan, yo‘llarni yaxshi biladi. Yollanib ishlagan, avtobusning egasi har bir reys uchun unga 60 ming tenge to‘lagan.

Shuningdek, uning yaqinlari avtobusning ta’miri uchun ko‘p vaqt sarflanganini bildirdi.

“Maqsat avtobusni tez-tez tuzatib turardi. Avtobusning egasi unga pul berardi, o‘zi esa kelib, ta’mir qanday ketayotganini kuzatardi. Texnik ko‘rik, sug‘urta ishlarini avtobusning egasi bajargan”, – deydi Maqsatning rafiqasi Aqnur Masanova.

Ma’lumotlarga qaraganda, yonib ketgan avtobus texnik ko‘rikdan o‘tmaganiga 2,5 yil bo‘lgan. Avtobusning egasida odam tashish uchun litsenziya bo‘lmagan.

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Omon qolgan haydovchining onasi: “O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘rayman”