
Kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi mashhur L'Oréal Paris kompaniyasi britaniyalik go’zallik blogeri Amena Xonni sochlar parvarishi uchun mo’ljallangan vosita reklamasiga taklif qildi.
Ayol kundalik turmushda hijob o’raydi va reklamada ham aynan shunday qiyofada namoyon bo’ladi. Reklama qahramoni Amena bu haqida shunday deydi:
“Sochlarini ko’rsatmaydigan ayollar ularni parvarish qilmaydilarmi? Sochlar o’zingizga e’tibor qaratishning qatta bir qismidir. Ular men uchun jozibani aks ettiradi. Men turmaklar yaratish, turli kosmetika, jumladan xushbo’y vositalar ishlatishni yoqtiraman”.
Amena reklama orqali begona nigohlardan berkitilgan sochlar holati ham muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida tushuncha berishga harakat qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar