Pavlodar viloyatiga avtobusda ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari qutqarib qolindi, deb yozadi Xabar.uz. Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusi Toshkentdan Krasnoyarskga yo‘l olgan edi.
Avtobus sovuqqa bardosh berolmagan va Pavlodarning Shidert qishlog‘i yaqinida to‘xtab qolgan. Bu vaqtda avtobusda 57 nafar yo‘lovchi va haydovchi bo‘lgan. Ular mashinadan Shidert qishlog‘idagi isitish punktiga evakuatsiya qilingan. Avtobus isitilgach, yo‘lovchilar Pavlodarga kuzatib qo‘yilgan.
Taxminlarga ko‘ra, agar voqea ro‘y bergan joyda isitish punkti bo‘lmaganda yo‘lovchilar muzlab qolishlari mumkin edi. Hozirda avtobus Pavlodardagi avtoturargohda. Uni ta’mirlashlari bilanoq, transport vositasi o‘z yo‘lini davom ettirishi mumkin. Mahalliy politsiya xodimlari esa uni Rossiya chegarasiga qadar kuzatib qo‘yishadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”