22:26 / 25.01.2018
8 061

Moskvada yashovchi oilaning 3 a’zosi birin-ketin sirli tarzda vafot etishdi

Moskvada yashovchi oilaning 3 a’zosi birin-ketin sirli tarzda vafot etishdi
Moskva shahrida istiqomat qilgan oilalarning birida 4 kun davomida 3 kishi olamdan ko’z yumdi.

Xabarda aytilishicha, ularning barchasi turli kasalliklardan azob chekishgan, ammo shifokorlarga murojaat qilish borasida e’tiborsizlikka yo’l qo’yganlar.

Shu yilning 19 yanvar kuni 61 yoshli ayol bir necha oy avval yuqtirib olgan gepatit kasalligi sabab olamdan o’tgan. Uning jasadini esa 29 yoshli o’g’li birinchi bo’lib ko’rgan.

Oradan ikki kun o’tib, falaj holatda 10 yildan buyon to’shakka mixlangancha umr kechirayotgan ota olamdan ko’z yumdi.

Hodisadan yana ikki kun o’tib esa o’g’ilning ham ahvoli yomonlasha boshlagan. Qo’shnilar uning shamollash bilan og’rigani va istima hamda mushaklardagi og’riqdan shikoyat qilgani haqida aytishgan. Erkak tez tibbiy yordam xizmatiga qo’ng’iroq qilgan va ular yetib kelishgach, eshikni ocha turib, jon bergan.

Biroq, politsiya xodimlari hodisaning kriminal variantini ko’rib chiqishga shoshilmayaptilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada yashovchi oilaning 3 a’zosi birin-ketin sirli tarzda vafot etishdi