Olmotada sovuq urishidan jabr ko’rgan 14 kishi shifoxonaga keltirildi

Hudud Sog’liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra aynan shunday shikoyat bilan aholi vakillari 24 marta murojaat qilishgan va 14 nafar inson kasalxonaga olib kelingan. Ular orasida 3 nafar yosh bolalar ham bor.
Xabarda aytilishicha, ayoz shaharni o’z iskanjasiga olgan. Bir necha kun avval shaharda havo haroratining pasayishi bilan bog’liq dovul xavfi e’lon qilingan.
Ayni paytda Olmotada kechalari -20 -25, kunduzi -18 -23 daraja sovuq bo’lmoqda. Ayrim hududlarda esa havo harorati -31 -36 gacha tushib ketgan.
Ob-havo sharoiti tufayli maktablarda vaqtincha mashg’ulotlar to’xtatildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Xabarda aytilishicha, ayoz shaharni o’z iskanjasiga olgan. Bir necha kun avval shaharda havo haroratining pasayishi bilan bog’liq dovul xavfi e’lon qilingan.
Ayni paytda Olmotada kechalari -20 -25, kunduzi -18 -23 daraja sovuq bo’lmoqda. Ayrim hududlarda esa havo harorati -31 -36 gacha tushib ketgan.
Ob-havo sharoiti tufayli maktablarda vaqtincha mashg’ulotlar to’xtatildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…