15:02 / 31.01.2018
4 209

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik “Toshkent” nomli supermarket ochdi

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik “Toshkent” nomli supermarket ochdi
AQShning Nyu-York shahri Brayton rayonida “Toshkent” nomli supermarket ishga tushdi. Bu haqda Facebook foydalanuvchisi Xayrulla Pulatov xabar berdi, deb ma’lum qiladi Qalampir.uz.

Pulatov o‘zining profiliga supermarketning suratlarini va u haqdagi ba’zi ma’lumotlarni joylashtirgan.

Unga ko‘ra, ushbu supermarketdagi ishchilarning ko‘pchiligi O‘zbekistondan, xususan, Samarqand viloyatidan kelgan fuqarolardir. Supermarket aynan o‘zbekistonlik kishiga tegishli ekanligi qayd etilgan va faoliyati boshlanganidan keyin juda tez ommalashib, Brayton rayonidagi eng mashhur supermarketga aylana olgan.

Supermarketdagi muhit tamomila o‘zbekona, shuningdek, u yerda o‘zbek, rus va yevropacha oshxonalar faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari turli xildagi poliz mahsulotlari va sabzavotlar mavjud.

Xayrulla Pulatovning yozishicha, braytonliklar bu supermarket faoliyatidan mamnun va o‘zbeklarga tasanno aytishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik “Toshkent” nomli supermarket ochdi