
Islandiya hukumati mamlakatda tug’ilayotgan bolalarga berilishi mumkin bo’lgan ismlar qatori Andrey ismini chiqarib tashladi.
Xabarda aytilishicha, ekspertlar komissiyasi ismning Andrej shaklida yozilishi til qoidalariga to’g’ri kelmaydi degan qarorga kelgan. Uning o’rniga esa chaqaloqlarga Andri, Andrean, Andreas, Ande va Andres ismlarini qo’yish mumkin.
Ismning bu shaklda yozilishi island fonetikasi va orgrafiyasi qoidalariga to’g’ri kelmaydi.
Eslatib o’tamiz, Andrey ismi yunon tilidan kelib chiqqan bo’lib, slavyan halqlari orasida keng tarqalgan. Ismning ma’nosi esa “jasoratli, mard, qo’rqmas, jasur” kabi sifatlarni bildiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar