Checheniston rahbari Ramzon Qodirov "1 fevral - Xalqaro hijob kuni"da hijob kiymasa-da, "kamtarlik, or-nomus va odob" timsoli bo‘lgan ko‘p ayollarni bilishi haqida so‘zladi.
"Bugun Xalqaro hijob kuni. Hijob musulmon ayollari uchun e’tiqod va halollik ramzi. Mening oilamda barcha ayollar hijobda. Bu ularning tanlovi, hech kimga bunday majburiyat yuklanmagan. Zero bugun or-nomus, kamtarlik va halollik haqida gapirib, ertaga uni inkor etib bo‘lmaydi, axir — bu ikkiyuzlamachilik bo‘ladi. Shuning uchun tanlov ongli ravishda amalga oshirilishi kerak", - deb yozadi u.
Qodirov barcha dinlarda ayol kishi boshini yopib yurishi kerakligi aytilganligini ta’kidlagan. U zamonlar o‘zgarayotgani va kimlardir diniy qoidalarga rioya qilmay qo‘yayotgani, ammo Chechenistonda juda ko‘p ayollar Qur’on qoidalariga rioya qilishini qayd etgan.
"Shunday bo‘lsa-da, men kamtarlik, or-nomus va odob timsoli bo‘lgan ko‘plab ro‘molsiz ayollarni ham bilaman", - deya qo‘shimcha qilgan u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas