Elon Maskning «The Boring» kompaniyasi atiga 4 kun ichida har biri 500 dollar turadigan 20 ming dona «The Boring Company Flamethrower» o‘tsocharni sotishga erishdi, deb yozadi Xabar.uz.
Asl vazifasi boshqa ish bo‘lgan burg‘ulash kompaniyasi qisqa vaqt ichida qancha daromad ko‘rganini hisoblab chiqish unchalik qiyin emas. 4 kunda — 10 million dollar.
Eslatib o‘tamiz, «The Boring Company» bundan oldin o‘z kepkalarining har birini 20 dollardan sotib 1 million dollar daromad ko‘rgandi.
«The Boring Company» 2017 yilning bahor faslida Los-Anjelesda birinchi tunnelni qurishga kirishgani haqida xabarlar tarqalgandi. Maskning fikricha, shaharlar o‘rtasida avtomobilli maxsus telejkalar avtonom rejimda harakatlanishi mumkin bo‘lgan yerosti tunnellari tarmog‘ini barpo etish mumkin.
Mashinalar uchun o‘ziga xos metro bo‘lgan bu kabi platformalar tezligi soatiga 200 kilometrga yetishi mumkin.
Elon Mask bu kabi tunnellar magistrallarni bo‘shatish va tirbandliklarni kamaytirish imkonini beradi, deb hisoblaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas