23:00 / 03.02.2018
6 134

Olimlar Gvatemaladan qadimgi Mayya shahrini topdi

Olimlar Gvatemaladan qadimgi Mayya shahrini topdi
Olimlar Gvatemalaning qalin o‘rmonzorlarida yashirin Mayya shahrini topdi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.

Olimlarning fikriga ko‘ra, Mayya davriga oid uylar, piramidalar va shaharsozlik belgilari bu yerda odamlar ancha oldin yashay boshlaganini ko‘rsatadi.

AQSh, Yevropa vakillari va gvatemalalik arxeologlar ittifoqi Mayya davri merosi va tabiatini o‘rganish jamg‘armasi doirasida faoliyat olib bordilar va 30 yanvar kuni bu davrga tegishli qishloq xo‘jalik maydonlari, sug‘orish kanallari bo‘lgan ob’ektlarni elon qildi.

Tadqiqot natijalarida yerning 95 foizi ishlov berish uchun yaroqli ekanligi aniqlandi va bu hududda 10 ming kishi istiqomat qilishi uchun uy-joy hamda oziq-ovqat to‘plash uchun sharoit mavjudligi qayd etildi.

Tadqiqotchilar izlanishlar davomida elektron xarita bilan ishlagan va bu samarali natija bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Gvatemaladan qadimgi Mayya shahrini topdi