21:12 / 07.02.2018
5 170

Sharq va G‘arbning o‘ziga xos jihatlari

Sharq va G‘arbning o‘ziga xos jihatlari
Men taqdir taqazosi bilan dunyoning bir qancha joylarida bo‘lishimga to‘g‘ri keldi va e’tiborimni tortgan hamda meni o‘yga toldirgan bir muncha vaziyatlar haqida juda ko‘p o‘yladim. Ayniqsa sharq xalqlari vakillaridan bo‘lgan ba’zi odamlarning turli vaziyatlarda o‘zlarini tutishlari, jamoat joylaridagi qiliqlari meni bu narsalar haqida yozishga undadi. Buning ildizlari qayerda va nega bunday degan savollarga javob izlash jarayonida internet tarmog‘iga joylashtirilgan bir maqolaga duch keldim. Bir oz ko‘nglim taskin topdi va ba’zi savollarimga javob topganday bo‘ldim.

Rassom Yan Liu (Yan Liu) 14 yoshigacha Xitoyda yashagan, so‘ngra esa Germaniyaga ko‘chib o‘tgan. U sharq va g‘arb millatlari mentalitetidagi ko‘plab jihatlarni taqqoslash jarayonida bir qancha asarlarini e’lon qildi. Uning ishlaridagi nozik va falsafiy qarashlari qalin jildli ensiklopediyalardagidan ko‘ra ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lib, keng jamoatchilikda o‘ziga xos qiziqish o‘yg‘otdi.

Bugun men sizga g‘arb va sharq odamlarining bir xil vaziyatlardagi mentaliteti va xulqini namoyish qiluvchi Yan Liu asarlaridan parchalar keltiraman.

Moviy kvadratda g‘arb odamining, qizil kvadratda esa sharq odamining aynan bir xil vaziyatlardagi xulqi ko‘rsatilgan.

O‘z dunyoqarashini ifoda qilish erkinligidagi farq

Navbatda turish chog‘idagi holat

Kafe va restoranlardagi shovqin darajasi

Sayohat paytidagi holat

Ichimliklar borasidagi farq

Kechalar va yig‘inlardagi holat

Boshliq bilan munosabatlardagi farq

Shaxsiy “Men” ning namoyon bo‘lishi

Transport turlarining ommabopligi

Ommabop taomlar

Muammolarni yechishga yondoshuv

Yoshi ulug‘larga munosabat borasidagi farq

Bolaning oiladagi tarbiyasi

Ob-havoga munosabat

Ijtimoiy munosabatlar

Ovqatlanish tartibi

Aniqlik borasidagi farq


Yan Liuning ushbu suratlari tomoshabinlar orasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi va mentalitetlardagi bunday farqlar meni ham juda qiziqtirib qo‘ydi.

So‘ngi xulosani aytish endi sizning hukmingizga havola.

Maqolani tayyorlashda https://www.adme.ru/ sayti materiallaridan foydalanildi.

Manba: usm.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sharq va G‘arbning o‘ziga xos jihatlari