Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ozarboyjon xalqi Armaniston poytaxti Yerevanni o‘ziga “qaytib olishi” kerakligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligining xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.
“Yerevan bizning tarixiy yer hisoblanadi va biz, ozarboyjonliklar bu yerlarni qaytarishimiz kerak. Bu bizning siyosiy va strategik maqsad. Biz unga sekin-asta yaqinlashishimiz kerak”, deb aytgan Aliyev “Yeni Azerbayjan” (Yangi Ozarboyjon) partiyasining 6-qurultoyida.
Aliyev yig‘ilganlarni “o‘z tarixiy yerlarini unutmaslikka” chaqirgan.
“Kelgusida bu faoliyatimizning yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim. Bizning tarixiy yerlar – Irevan xonligi, Zagazur, Gayche, buni yoshlarimiz ham, butun dunyo ham bilishi kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Aliyev.
20-asr boshida Yerevanda deyarli teng miqdorda armanlar va ozarlar yashagan.
Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida ancha yillardan beri Tog‘li Qorabog‘ uchun ziddiyat davom etib keladi.
Ozarboyjonda 11 aprelda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Aliyev o‘z partiyasidan saylovlarga nomzod sifatida taqdim qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»