Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning hayoti haqida juda kam ma’lumot mavjud bo‘lib, bu holat uning rafiqasi uchun ham bir xil. Li Sol Chju omma oldida juda kam ko‘rinadi. Uning ismi esa yangiliklarda tilga olinmaydi. Hatto uning yoshi haqida ham aniq ma’lumot yo‘q. AdMe ana shu ayol haqidagi bir qator faktlarni taqdim etdi.
Li Sol Chju — koreys ziyolisining qizi
U Chxonjin port shahrida shifokor va o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. Uning tug‘ilgan yili sifatida 1985—1989 yillar taxmin qilinadi.
KXDR yetakchisining rafiqasi yoshligida qo‘llab-quvvatlash guruhi a’zosi bo‘lgan
Li Sol Chju turmush qurguniga qadar KXDRning eng yirik oliy o‘quv yurti — Pxenyandagi Kim Ir Sen nomidagi universitetda o‘qigan. U 2005 yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Shimoliy Koreya delegatsiyasining qo‘llab-quvvatlash guruhi a’zosi sifatida bo‘lgan.
Turmushga chiqquniga qadar u qo‘shiqchi bo‘lgan
Li Sol Chju qo‘shiq aytish bilan ham shug‘ullangan. U Xitoyda vokalni o‘rgangan. KXDR yetakchisi uni birinchi marta davlat orkestridagi chiqishi vaqtida ko‘rgan.
Li Sol Chju — uch bolaning onasi
OAVlarning taxmin qilishicha, Li Sol Chju 2010 va 2013 yillarda ikki nafar qizni dunyoga keltirgan. 2017 yilning fevral oyida esa o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘il farzand ayol xohishi bilan emas, buyruqning ijrosi sifatida dunyoga kelgan, chunki mamlakatga merosxo‘r kerak.
Li Sol Chju — mamlakat rahbarining tashqi ko‘rinishini keskin o‘zgartirgan birinchi ayoli
Li Sol Chjuga qadar avvalgi yetakchilarning rafiqalari uzun sochli bo‘lgan. Ayni damdagi mamlakatning birinchi xonimi esa sochini kalta qilib kesgan va Yevropa uslubida kiyingan birinchi xonim hisoblanadi. Barcha shimolliklar uchun majburiy bo‘lgan mamlakat rahbarining portreti tushirilgan nishon o‘rniga u qimmatbaho taqinchoq taqadi.
U o‘z erini koreys ayollariga ko‘proq erkinlik berishga ko‘ndira olgan
Davlat rahbarining kuchi va obro‘siga qaramasdan, Li Sol Chju erini ayollarning kiyinishi borasida ko‘proq erkinlik berishga va hatto velosiped haydashga ruxsat berishga ko‘ndira olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi