
Mashina tagida qolib ketgan uch yoshli bolakay, mo‘’jiza tufayli tirik qoldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Mazkur voqea Braziliyaning Santa-Katarina shtatidagi Palos shahrida 5 fevral kuni ro‘y berdi. Uni kuzatuv kamerasi videoga olgan.
Videoyozuvda Kaleb ismli bolaning to‘xtab turgan mashina oldidagi yo‘lda o‘ynab o‘tirganligini, mashina haydovchisi uni ko‘rmay, avtomobilni bolaning ustidan haydab o‘tib ketganligini ko‘rish mumkin. Bolaning onasi o‘g‘lini mashina bosib ketgan bo‘lsa-da, unga hech nima qilmaganligini ma’lum qilgan. Mashina haydovchisi bo‘lgan bolaning amakisi jiyanini umuman ko‘rmaganligini bildirdi.
Ushbu videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar