15:01 / 21.02.2018
4 488

Bashar Asad hukumati Suriyada qurol bilan tartib o‘rnatishga kirishdi

Bashar Asad hukumati Suriyada qurol bilan tartib o‘rnatishga kirishdi
Kecha, 20 fevral kuni Suriya hukumati kuchlari poytaxt Damashq atrofida o‘tkazgan harbiy amaliyoti chog‘ida o‘nlab tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.

Suriya prezidenti Bashar Asad topshirig‘i bilan hukumat harbiy kuchlarining oxirgi ikki kunda Damashq va uning atrofida o‘tkazgan harbiy amaliyoti davomida 100 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi.

Buyuk Britaniyada joylashgan Inson huquqlari tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Asad hukumati tomonidan joriy yilning 19-20 fevral kunlari Damashq va uning atrofiga uyushtirilgan havo hujumi natijasida 250 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 1000 dan ziyod kishi esa turli tan jarohati olgan.

Ekspertlar bu harakatlar Rossiya hukumatining ko‘magi bilan amalga oshirilayotganini ma’lum qilmoqda.

O‘z navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu voqealarni shunday izohladi:

“Mavjud kelishuvlarga muvofiq, terrorizmga qarshi kurash hech narsa bilan chegaralanmaydi”.

Shuningdek, Lavrov Suriya hukumati bilan 2016 yilda birgalikda harakat tufayli Halab shahri terrorchi kuchlardan ozod qilinganini eslatib o‘tdi.

Bashar Asad ushbu operatsiyalarni Damashq va uning atrofida separatik harakatlarni boshlagan sharqiy Gauta hududi vakillari va u yerdagi terrorchi guruhlarga qarshi olib borayotganini ma’lum qildi.

Sharqiy Gautadagi mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bu yerdagi eng muhim obyektlar, xususan, shifoxonalar, ta’lim muassasalari va boshqa majmualar vayron qilingan.

Suriya hukumati bu hududlarda tartib o‘rnatmaguncha o‘z yurishini to‘xtatmasligini ma’lum qildi.

Asad hukumatining bu xatti-harakatlarini Xalqaro Inson huquqlari tashkiloti ham UNISEF ham tanqid qilib, noto‘g‘ri yo‘l tuilayotganini bildirishdi.

Ushbu tashkilot vakilliarining so‘zlariga ko‘ra, agar ushbu harakatlar davom ettiriladigan bo‘lsa, Damashq va uning atrofidagi 4000 nafar tinch aholi zarar ko‘rishi ehtimoli bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashar Asad hukumati Suriyada qurol bilan tartib o‘rnatishga kirishdi