Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning 3 milliard dollardan ortiq eksport kelishuvlarini to‘xtatib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda chorshanba kuni AQSH davlat departamenti vakili Xizer Noyert ma’lum qildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.
Bu kabi kelishuvlarning to‘htatilishi, amalda jazoga tortilishni anglatadi, — deya ta’kidladi Noyert. Uning so‘zlariga qaraganda, bu Rossiya xazinasiga kamroq pul tushishini anglatadi, buni Vashington Amerika saylovlariga aralashgani va Suriyadagi harakatlari uchun “Rossiyani javobgarlikka tortish yo‘lida” qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat sifatida ko‘radi.
Vashingtonda ayrim davlatlar Rossiya tovar va mahsulotlarini sotib olishni to‘xtatganini qoniqish bilan qarshi olindi, dedi Davlat departamenti vakili.
O‘tgan yili Kongress tomonidan qabul qilingan va prezident Donald Tramp tomonidan imzolangan Amerika raqiblariga qarshi turish to‘g‘risidagi qonun Rossiya mudoffa tarmog‘i va razvedkasi bilan kelishuvga erishgan davlatlarga nisbatan ikkinchi darajali sanksiyalarni qo‘lash imkoniyatini beradi.
30 yanvar kuni AQSH moliya vazirligi “Kreml hisoboti”ni e’lon qildi, unga Rossiya prezidenti Vladimir Putin atrofidagilarning ismi sharifi kiritilgan, ro‘yxatdagilarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. Hujjatda 210 kishi – amaldor va oligarxlar bor. 2014 yilda AQSH Qrim anneksiya qilingani va Ukraina sharqidagi majoroga aralashgani uchun Rossiyaga qarshi sanksiya joriy qilgan edi. Keyinchalik sanksiya ro‘yxati bir necha bor kengaytirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi