
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatdagi barcha maktablarni 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tkazish haqidagi qonunni imzoladi.
Prezident qonunni 21 fevral kuni imzoladi, u 10 kundan keyin kuchga kiradi.
10 yanvar kuni Qirg‘iziston parlamenti uchinchi o‘qishda ta’lim haqidagi qonunga tuzatishlarni ma’qullagandi. Unga ko‘ra mamlakatdagi barcha maktablar 5 kunlik o‘qish grafigiga o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Kloop.kg nashriga tayanib Kun.uz yozishicha, gimnaziyalar va litseylarning o‘quvchilari ayrim fanlardan chuqurlashtirilgan ta’lim berilishi tufayli 6 kunlik o‘qishni davom ettirishadi.
Ushbu qonun tashabbuskori SDPK fraksiyasi deputati Dastan Bekeshev hisoblanadi. U tashabbusini o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham yuklamalarni kamaytirish zarurati bilan izohlagandi.
“Xususiy maktablarda ham haftasiga 5 kun o‘qish bo‘lishi kerak, oltinchi kuni esa bolalar madaniy tadbirlarga, to‘garaklarga borishlari yoki vaqtini ota-onalari bilan o‘tkazishlari mumkin. O‘qituvchilar ham dam olishi kerak”, — degandi Bekeshev.
2017 yilning yanvaridan mamlakatdagi maktablarning 75 foizida haftasiga 5 kunlik o‘qish tizimi joriy qilingandi, gimnaziya va litseylar 6 kunlik grafikda davom etmoqda.
Bundan avvalroq O‘zbekistondagi maktablarda 1 martdan boshlang‘ich sinflarni 5 kunlik o‘qishga o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar