
Vashington Turkiya uchun raketa-tashuvchi yaratish bo‘yicha Ukraina loyihasini bloklab qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Oboronno-promыshlennыy kuryer” nashri Ukraina mudofaa sanoati kompleksiga tayangan holda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, AQSH loyiha rivojiga ikki yil muqaddam xalaqit bergan, o‘shanda Kiyev va Anqara o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha muzokaralar faol bosqichda bo‘lgan. Xususan, gap raketalar, samolyotlar va yuqori aniqlikdagi quroldan himoyalanish tizimlarini birgalikda yaratish haqida ketgan.
O‘z nomini oshkor etmagan sanoatchining so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni Turkiyaning “nazorat qilinmaydigan” kuchayishini xohlamagan va Ukrainaga texnologiyalari berilishiga qarshi chiqqan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar